Shaxsiy NFC vizitka

Siz noyob raqam sotib olasiz — u umrbod sizniki. Uni karta, uzuk yoki braslet ko'rinishida olib yurasiz, tanlov sizniki. Uchalasi ham bitta profilni ochadi.

flex-nfc.uz/
Flex NFC karta

Qanday ishlaydi

Uch qadam, o'n daqiqa

  1. MYN042

    01

    Raqam tanlang

    3 harf + 3 raqam. Narx darhol ko'rinadi — yashirin to'lov yo'q.

  2. Flex karta, uzuk va braslet

    02

    Qurilmani tanlang

    Karta, uzuk yoki braslet. Dizaynni ham o'zingiz tanlaysiz.

  3. Kartani telefonga tegizish

    03

    Tegizing

    Telefonga tegizasiz, profilingiz ochiladi. Hech kim ilova o'rnatmaydi.

Shaxsiy

Bir tegish — va butun profilingiz ochiladi

Kartani tegizasiz, brauzer o'zi ochiladi. Hech kim hech narsa o'rnatmaydi.

Shaxsiy profil
Flex profilingiz — barcha havolalaringiz, ijtimoiy tarmoqlaringiz va kontakt ma'lumotlaringiz bitta sahifada.
Qurilmani o'zingiz tanlaysiz
Karta, uzuk yoki braslet — uchalasi ham bir tegishda o'sha profilni ochadi. NFC yo'q telefonlarda QR-kod ishlaydi.
Kamyob raqam
3 harf + 3 raqam — cheklangan miqdor. Kamyob kombinatsiyalar qimmatroq, narxi ochiq hisoblanadi.
Analitika
Profilingiz necha marta ochilgani, qaysi havola bosilgani va tashrif kartani tegizishdanmi yoki QR'danmi — hammasi ko'rinadi.
Avtovizitka
Mashinangiz old oynasiga QR va NFC plastina. Yo'lda to'sib qo'ysangiz yoki chiroqlaringiz yoniq qolsa — sizga xabar keladi, telefon raqamingiz esa ochilmaydi.

Narxlar

Narx — to'liq ochiq

Har bir raqam narxi ochiq formula bilan hisoblanadi: boshlang'ich narx × harf kamyobligi × raqam kamyobligi. Pastda o'zingiz sinab ko'ring.

flex-nfc.uz/MYN042
Oddiy
Boshlang'ich narx
100 000 so'm
Harf kamyobligi
oddiy kombinatsiya
×1
Raqam kamyobligi
oddiy raqam
×1
Jami narx
100 000 so'm

Hisob: 100 000 × 1 × 1 = 100 000 so'm

MYN042ni band qilish

Bu raqamning narxi. Qurilma — karta, uzuk yoki braslet — alohida tanlanadi va alohida to'lanadi, 200 000 so'mdan boshlab.

Obuna

Narx uch qismdan iborat

Raqamni bir marta sotib olasiz va u sizniki. Qurilma — karta, uzuk yoki braslet — alohida mahsulot. Profil esa har oy ishlab turadi, shuning uchun platformaga obuna alohida.

Oddiy

Raqam narxiga kiritilgan

Raqam narxiga kiritilgan

  • Shaxsiy profil sahifasi
  • 5 tagacha havola
  • 5 tagacha xizmat va narx
  • QR-kod
  • Kontaktni saqlash tugmasi
  • Umumiy tashriflar soni
  • Katalogdagi dizaynlar

Premium

Profilni to'liq ishlatish uchun

49 000 so'm/ oyiga

Yiliga 490 000 so'm — 2 oy bepul

  • Cheksiz havolalar
  • 8 tagacha xizmat va narx
  • To'liq analitika — kunlik grafik va har bir havola bo'yicha
  • Kelgan kontaktlar va ularni Excel'ga chiqarish
  • O'z fon rasmingiz
  • Oltin bezak
  • Sahifadagi Flex yozuvi olib tashlanadi