Qurilmalar


Mashina uchun NFC
Oyna ortida. Sizga yozishadi — telefon raqam koʻrinmaydi.
Oyna ortiga qoʻyiladigan qora plastina. Telefon raqamingizni koʻz-koʻz qilib yozib qoʻyishning oʻrniga: tegizgan odam sizga yozadi yoki qoʻngʻiroq qiladi, raqamingizni koʻrmaydi. Xalaqit bergan joyga qoʻygan boʻlsangiz, oʻsha odam sizni toʻgʻridan-toʻgʻri topadi — evakuatorni kutmasdan.
150 000 soʻm
Hozircha buyurtmaga ochilmagan
Xususiyatlari
- Oyna ortiga qoʻyiladigan tayanch bilan
- Quyoshda soʻlmaydi, sovuqda yorilmaydi
- Telefon raqamingiz ochiq koʻrinmaydi
Qutida
- NTAG213 chipi, 144 bayt — havolaga yetadi va ortiqchasi yoʻq
- Batareyasi yoʻq. Zaryad ham, almashtirish ham kerak emas
- Ilova oʻrnatilmaydi — na sizga, na tegizgan odamga
- Raqamni istagan payt qayta yozasiz. Buyum oʻzgarmaydi




