Foydalanish shartlari
Oxirgi oʻzgarish
Bu sahifa Flex raqami va profilidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Oldi-sotdi shartlari — narx, toʻlov, yetkazib berish va qaytarish — alohida hujjatda, ommaviy ofertada. Qisqasi: raqam sizniki boʻlib qoladi, obunasiz ham profil ochilaveradi, profilda nima turishini esa oʻzingiz belgilaysiz va uning uchun oʻzingiz javob berasiz.
Ushbu hujjatning asl matni oʻzbek tilida tuzilgan. Rus va ingliz tilidagi versiyalar qulaylik uchun berilgan; nizo yuzaga kelganda oʻzbek tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
01Bu shartlar nimani qamraydi
Bu shartlar "MC LEGAL" AB taqdim etadigan xizmatdan — raqam, profil va ular bilan bogʻliq qurilmalardan — foydalanishga taalluqli. Saytdan va profildan foydalanish shu shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.
Sotib olish shartlari bu yerda emas: narx, toʻlov, yetkazib berish va qaytarish ommaviy ofertada yozilgan.
02Raqam va profil
Raqam 3 ta harf va 3 ta raqamdan iborat, masalan FLX007. U flex-nfc.uz/FLX007 manzilida sizning profilingizni ochadi.
Raqam toʻlov tasdiqlangan zahoti sizga biriktiriladi va sizniki boʻlib qoladi — u hech qachon oʻchirilmaydi. Qurilma yoʻqolsa ham raqam sizda qoladi: yangi qurilmaga oʻsha raqam yoziladi.
03Obuna va tariflar
Raqam va qurilma bir marta toʻlanadi. Profilning ishlab turishi uchun obuna alohida toʻlanadi: Oddiy tarif — oyiga 19 000 soʻm yoki yiliga 190 000 soʻm, Premium — oyiga 39 000 soʻm yoki yiliga 390 000 soʻm.
Obunasiz ham profil ishlaydi. Qaysi tarifda nima borligi narxlar sahifasida toʻliq keltirilgan.
Obuna toʻxtatilsa, profil bepul tarifga qaytadi. Maʼlumotlar oʻchirilmaydi.
04Raqamni boshqa odamga oʻtkazish
Raqam egasi uni istalgan vaqtda boshqa odamga oʻtkazishi mumkin — kabinetdan, qabul qiluvchining elektron pochtasi orqali. Oʻtkazishda profil maʼlumotlari (ism, bio, havolalar, postlar, obunachilar) oʻchiriladi va yangi egaga oʻtmaydi.
05Sotuvda boʻlmagan kombinatsiyalar
Ayrim harf kombinatsiyalari sotilmaydi. Ular sotuvda boʻlgan, lekin band raqamlardan farqli javob olmaydi: bunday raqam mavjud emas deb koʻrsatiladi.
Roʻyxatning oʻzi eʼlon qilinmaydi. Uni chop etish — aynan shu soʻzlarni qidirayotgan odamga tayyor roʻyxat berish boʻlardi.
06Profilda nima turadi
Profilda nima turishini uning egasi belgilaydi: ism, tavsif, havolalar, xizmatlar va narxlar. Bularning toʻgʻriligi uchun profil egasi javob beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid yoki boshqa odamning huquqini buzadigan material profildan olib tashlanishi mumkin.
07Nomaqbul kontent va haqoratli foydalanuvchilarga nisbatan murosasizlik
Flex nomaqbul kontentga va haqoratli foydalanuvchilarga nisbatan mutlaqo murosasiz. Profil, xabar, sharh, hikoya, lot yoki boshqa joyda haqorat, tahdid, bezorilik, kamsitish, zoʻravonlik, pornografiya, firibgarlik, spam va qonunga zid har qanday material joylashtirish taqiqlanadi. Ilovadan foydalanish yoki hisobga kirish orqali siz shu qoidaga rozilik bildirasiz.
Har bir foydalanuvchi boshqa odamning kontenti ustidan «Shikoyat qilish» va uni «Bloklash» imkoniyatiga ega. Bloklangan odamning kontenti sizga darhol koʻrinmay qoladi va bloklash haqida xabar moderatorlarga ham yuboriladi.
Har bir shikoyat 24 soat ichida koʻrib chiqiladi. Qoidabuzar kontent olib tashlanadi, uni joylagan foydalanuvchining hisobi esa bloklanadi — u ilovaga qayta kira olmaydi va uning ochiq profili koʻrsatilmaydi.
08Shartlarning oʻzgarishi
Bu sahifadagi shartlar oʻzgarsa, sahifa boshidagi sana yangilanadi. Amalda boʻlgan matn — shu sahifada turgan matn.