Biznes uchun
Mehmon tegizadi — kerakli sahifa ochiladi
Stol, xona, usta oʻrindigʻi yoki shifokor eshigi. Har biriga alohida NFC belgisi qoʻyiladi va har biri oʻz sahifasini ochadi. Mehmon hech qanday ilova oʻrnatmaydi — telefonini tegizadi, tamom.
Qanday ishlaydi
Bitta obyekt, koʻp nuqta
Nuqta — bu stol, xona, eshik yoki kabinet. Har birining oʻz belgisi va oʻz sahifasi bor, hammasi bitta paneldan boshqariladi.
Nuqta
Stol 1–20, xona 101–250, eshik, basseyn. Har biri alohida manzil, shuning uchun soʻrov qayerdan kelganini tizim oʻzi biladi — mehmon aytib oʻtirmaydi.
Soʻrovlar qutisi
Ofitsiantni chaqirish, xonani tozalash, yozilish, izoh. Soʻrovga nuqta oʻzi biriktiriladi; Telegramni ulasangiz, u Telegramʼga ham tushadi.
Hisobot
Oʻrtacha necha daqiqada javob berilgan, eng uzoq kim kutgan, qaysi stol koʻp chaqirgan va qaysi soatlarda gavjum.
Nuqta — stol
Kafe va restoran
Stol ustidagi taglikda yoki stikerda NFC va QR. Mehmon oʻtirgan joyida menyuni ochadi.

Shu yerda qanday turadi


Narxi
149 000soʻm / oyiga
15 tagacha stol. Taglik va stikerlar alohida, bir martalik.
Mehmon koʻradi
- Menyu: boʻlimlar, rasm, narx, tarkib va allergenlar
- Oʻzbekcha, ruscha, inglizcha — mehmon oʻzi tanlaydi
- Ofitsiantni chaqirish va hisobni soʻrash
- Baho va izoh qoldirish
- Wi-Fi paroli — terilmaydi, tegizilganda ulanadi
Egasiga nima beradi
- Narxni oʻzgartirish bir daqiqa va bepul. Menyuni qayta chop ettirish yoʻq.
- Stop-list: bugun yoʻq taom bitta tugma bilan yopiladi.
- Norozi izoh avval sizga keladi — mehmon hali zalda, muammoni hal qilib boʻladi. Google xaritasiga yozilganini esa oʻchirib boʻlmaydi.
- Qaysi stol koʻp chaqiradi, qaysi taom koʻp ochiladi — har stol boʻyicha alohida.
Nuqta — xona
Mehmonxona
Xonadagi taglik yoki eshikdagi teg. Charm papkani almashtiradi va har mavsumda qayta chop etilmaydi.

Shu yerda qanday turadi

Narxi
299 000soʻm / oyiga
40 tagacha xona. Kattaroq mehmonxona bilan narxni gaplashamiz.
Mehmon koʻradi
- Wi-Fi paroli — telefon oʻzi ulanadi
- Chiqish va nonushta vaqti
- Xonaga xizmat menyusi
- Tozalash, kir yuvish, taksi, uygʻotish soʻrovi
- Shahar boʻyicha yoʻriqnoma — uch tilda
Egasiga nima beradi
- Soʻrovga xona raqami oʻzi biriktiriladi. Resepshn qayta soʻramaydi.
- Bajarildi / kutilmoqda holati va kim qancha kutgani.
- Farrosh eshikdagi tegga telefonini tegizadi — xona vaqti bilan «tozalangan» boʻlib belgilanadi. Qogʻoz varaq ham, alohida qurilma ham kerak emas.
- Restoran va spa bronlari oʻsha paneldan koʻrinadi.
Nuqta — usta oʻrindigʻi
Goʻzallik saloni va sartaroshxona
Har bir usta oʻrindigʻi yonida oʻz belgisi. Mijoz oʻsha ustaning narxlarini va ishlarini koʻradi.

Shu yerda qanday turadi

Narxi
149 000soʻm / oyiga
15 tagacha oʻrindiq. Katta salon uchun keyingi bosqich.
Mehmon koʻradi
- Xizmatlar va narxlar roʻyxati
- Ustaning profili va ishlari — rasmlar bilan
- Boʻsh vaqtlar va yozilish soʻrovi
- Izoh va baho
- Instagram va Telegram kanaliga havola
Egasiga nima beradi
- Narx va xizmatlarni oʻzingiz tahrirlaysiz — dizaynerga murojaat yoʻq.
- Yozilish soʻrovlari bitta qutida, ustaga biriktirilgan holda.
- Qaysi usta koʻp ochilgan va koʻp yozilish olgan — ish taqsimoti raqamda koʻrinadi.
- Usta ishdan ketsa, oʻrindiq belgisi yangisiga oʻtadi. Yangi stiker chop etilmaydi.
Nuqta — shifokor eshigi
Klinika va stomatologiya
Qabulxonada va har bir kabinet eshigida. Bemor navbatda turib shifokorni va tayyorgarlikni oʻqiydi.

Shu yerda qanday turadi

Narxi
149 000soʻm / oyiga
15 tagacha kabinet. Koʻp filialli klinika uchun alohida hisob-kitob.
Mehmon koʻradi
- Shifokor profili: mutaxassisligi, tajribasi, ish vaqti
- Xizmatlar va narxlar — telefonda soʻramasdan
- Qabulga yozilish soʻrovi
- Tahlilga tayyorgarlik: nima qilinadi, nima qilinmaydi
- Izoh va baho
Egasiga nima beradi
- Narx va shifokor jadvalini oʻzingiz tahrirlaysiz.
- Yozilish soʻrovlari kabinet bilan birga keladi va Telegramʼga tushadi.
- Registratura telefonda bir xil savolga kun boʻyi javob bermaydi — javob eshikda turadi.
- Qaysi shifokor va qaysi xizmat koʻp ochilgani koʻrinadi.
Narx
Oʻrin uchun emas, obyekt uchun
Toʻlov obyekt uchun olinadi va nuqta soniga qarab bosqichga tushadi. Xodim soni narxga taʼsir qilmaydi. Qurilmalar — taglik, stiker, teg — alohida va bir martalik.
15 nuqtagacha
149 000soʻm / oyiga
40 nuqtagacha
299 000soʻm / oyiga
40 dan ortiq
Kelishiladi
Tarmoq yoki katta obyekt — brend, qurilma va hisob-faktura boʻyicha gaplashamiz.
Firmalar uchun
Obyekt emas, xodimlar kerakmi
Xodimlaringizga bir xil brend bilan raqam va NFC karta chiqaramiz. Tadbirda yigʻilgan kontaktlar bitta panelda koʻrinadi.

29 000soʻm
bir oʻringa, oyiga. Eng kami 5 oʻrin.
- Oʻrin sotib olinadi, odam emas.
- Xodim ketsa oʻrin boʻshaydi va keyingisiga beriladi. Qayta toʻlov yoʻq.
- Raqam firmaniki.
- Xodim ketganda uning maʼlumoti oʻchadi, raqam va karta firmada qoladi.
- Kartani oʻzingiz brendlaysiz.
- Logotip, rang, lavozim. Hammasi bitta koʻrinishda chiqadi.
Soʻrov
Obyektingiz uchun hisob-kitob
Bir ish kuni ichida bogʻlanamiz va aniq narxni aytamiz.