← Barcha qoʻllanmalar

Raqamli vizitka

Vizitka — ism va havolalar toʻplami emas. U birinchi 3 soniyada nima qilishingizni aytishi kerak.

Bir jumla, bitta asosiy tugma

Ism — qidiriladigan ism. Tavsif — nima qilasiz va nima uchun yozishsin. Birinchi tugma telefon yoki Telegram. Qolganlari ikkinchi qadam.

Havolalar ishlasin

Har bir tugmani oʻzingiz ochib koʻring. Yaroqsiz Instagram yoki oʻlik raqam tashrifni yoʻqotadi, statistika esa «ochildi» deb yozadi.

Manzil esda qolsin

flex-nfc.uz/AAA777 ogʻizda aytiladi. Ismingizdagi harflar yoki kasb kodi — tasodifiy uch harfdan koʻra yodda qoladi.

Yangilab turing

Kontakt oʻzgarsa oʻsha kun yangilang. Oyiga bir marta oʻlik tugmalarni olib tashlang.